Eldor Shomurodov jamoasiga "Ayaks"dan himoyachi keldi

Sherzod Nurmatov
24 jan 2025
"Roma" matbuot xizmati "Ayaks" himoyachisi Devayn Rench transferini elon qildi.

22 yoshli niderlandiyalik futbolchi bilan 2029 yilning yoziga qadar shartnoma imzolandi. Transfer 5 mln evroni tashkil qildi. Himoyachi Rim klubida 2-raqamda harakat qiladi.

Rench – "Ayaks" akademiyasi tarbiyalanuvchisi. Futbolchi 2020 yildan buyon Amsterdam jamoasining asosiy jamoasida 100 dan ortiq o'yin o'tkazishga muvaffaq bo'lgan. Niderlandiya terma jamoasida 1 ta uchrashuvda maydonga tushgan.


Sherzod NurmatovMaqola muallifi
Qopqoq: asroma.com

Izohlar

Баходиржон 1912
24 jan
Элдорди қўшниси қўй олибти учта қўзи .Админ билмай қолдингми.
Mustafoo
24 jan
Eldor Shomurodov asosiy sastafga tushyabdimi
Samsungd Artygb
24 jan
Renchxam o'zi ishonmayabdi ekan Eldorni jamoadoshi bulganiga))) Xa ne vtemu, said totaq, bu vatan parvarlik tuyg'usi qani sen itda? Nega Roma xonasida kurimaysan? Romani yoki Eldorni Realga aloqasi yuqligi uchunmi? Xaaa totaq)
uzbek mann
24 jan
Eldor Shomurodov qarshi o'ynagan klubga Xvicha keldi...