"Roma" yangi himoyachini o'z safiga qo'shib oldi

Оқил Абдубарноев
2 avg 2025
"Roma" matbuot xizmati yangi futbolchi bilan shartnoma imzolanganini rasman e'lon qildi.

U "Verona"dan o'tgan markaziy himoyachi Daniele Gilardi bo'ldi. Italiya yoshlar terma jamoasi a'zosi besh yillik mehnat shartnomasini imzoladi. 

Italiya ommaviy axborot vositalari xabar berishicha, himoyachining transferi rimliklarga bonuslarni hisobga olmaganda 10,5 million evroga tushgan. Yangi jamoasida Gilardi o'ziga 87-raqamni tanladi. 

Bu yil 22 yoshga to'lgan futbolchi A Seriyaning o'tgan mavsum o'yinlarida "Verona"ning asosiy markaziy himoyachisiga aylandi. U 24 ta o'yinda ishtirok etdi, ammo hujumkor harakatlari bilan esda qolmadi. 


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: asroma.com