

O'zbekiston terma jamoasi va "Kalyari" klubi hujumchisi Eldor Shomurodov og'ir jarohatdan so'ng, individual tarzda mashg'ulotlarni boshlgani haqida ma'lumot bergandik. Bugun Eldor Shomurodov o'zining instagram sahifasida "Kalyari" jamoasining umumiy guruh mashg'ulotlarida qatnashayotgani aks etgan suratni namoyish qildi.

Ma'lumot uchun, Shomurodov 2 oy oldini jarohat olgandi. Hujumchi Qatardagi Osiyo kubogini ham jarohati sabab o'tkazib yuborgandi.



