Emeri jamoada qolsa "Arsenal" yetakchilari klubni tark etishadi

Alisher
26 noya 2019
"Arsenal" hujumchilari Aleksandr Lyakazett va Per-Emerik Obameyanglar London klubi bilan shartnomani uzaytirishga shoshilishmayapti.

Futbolchilar Unai Emeri qo'l ostidagi jamoaning o'yinidan norozilar va mutaxassis jamoada qoladigan bo'lsa jamoadan kyetishmoqchi.

28 yoshli Lyakazett "Arsenal" safiga 2017 yilda "Lion"dan kelib qo'shilgan edi. Futbolchi 2013 yildan buyon Fransiya terma jamoasi sharafini himoya qilmoqda.

Obameyang esa Dortmundning "Borussiya" jamoasidan kelgan va uning "to'pchilar" bilan tuzgan shartnomasi 2021 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan.


AlisherMuallif
Manba: Daily Mail