"ENG ZO'R Uz Football Awards-2024". Nomzodlar jamg'argan ballar elon qilindi

Sherzod Nurmatov
16 dec 2024
O'zbekistonning 2024 yildagi eng yaxshilarini aniqlash uchun sport jurnalistlari o'rtasida so'rovnoma o'tkazildi.

Mazkur so'rovnomada yurtimizdagi 62 nafar sport jurnalisti ishtirok etdi va nomzodlarga o'z ovozlarini berdi.

Hisoblash jarayonida nomzodlarga birinchi o'rin uchun 3 ball, ikkinchi o'rin uchun 2 ball hamda uchinchi o'rin uchun 1 balldan berildi.

Yakuniy hisob–kitoblardan so'ng nomzodlar quyidagicha o'rin oldi.

"Yilning eng yaxshi ayol futbolchisi"

1. Diyora Habibullaeva – 1) 29; 2) 9; 3) 12 - 117 ball

2. Lyudmila Karachik – 1) 8; 2) 26; 3) 4 - 80 ball

3. Maftuna Shoyimova – 1) 11; 2) 8; 3) 13 - 62 ball

4. Nilufar Qudratova – 1) 4; 2) 6; 3) 13 - 37 ball

5. Feruza Turdiboeva – 1) 3; 2) 2; 3) 3 - 16 ball

6. Umida Zoirova – 1) 0; 2) 4; 3) 7; - 15 ball

7. Gulzoda Amirova – 1) 2; 2) 3; 3) 2 - 14 ball

8. Rushanya Safina – 1) 2; 2) 0; 3) 2 - 8 ball

9. Ilvina Ablyakimova – 1) 0; 2) 0; 3) 2 - 2 ball

"Ayollar futbolining eng yaxshi murabbiyi"

1. Vladislav Xan – 1) 51; 2) 7; 2) 1 - 168 ball

2. Ilhom Xanjariev – 1) 7; 2) 37; 3) 15 - 110 ball

3. Vladimir Panov – 1) 1; 2) 15; 3) 43 - 76 ball

"Yilning eng yaxshi futzal murabbiyi"

1. Nodir Eliboev – 1) 60; 2) 1; 3) 0 - 182 ball

2. Fuzuli Xayrulloev – 1) 1; 2) 36; 3) 24 - 99 ball

3. Aleksandr Petrov – 1) 0; 2) 24; 3) 37 - 85 ball

"Yilning eng yaxshi futzalchisi"

1. Husniddin Nishonov – 1) 21; 2) 11; 3) 13 - 98 ball

2. Akbar Usmonov – 1) 11; 2) 17; 3) 6 - 73 ball

3. Abror Ahmedzyanov – 1) 12; 2) 10; 3) 12 - 68 ball

4. Ilhom Hamroev – 1) 8; 2) 8; 3) 9 - 49 ball

5. Dilshod Rahmatov – 1) 7; 2) 7; 3) 8 - 43 ball

6. Mashrab Adilov – 1) 0; 2) 5; 3) 8 - 18 ball

7. Sunnatilla Jo'raev – 1) 2; 2) 3; 3) 5 - 17 ball

"Yilning eng yaxshi murabbiyi"

1. Timur Kapadze – 1) 41; 2) 14; 3) 7 - 158 ball

2. Ro'ziqul Berdiev – 1) 20; 2) 33; 3) 9 - 135 ball

3. Mirjalol Qosimov – 1) 1; 2) 15; 3) 46 - 79 ball

"Yilning eng yaxshi futbolchisi"

1. Abbos Fayzullaev – 1) 30; 2) 20; 3) 8 - 138 ball

2. Abduqodir Husanov – 1) 26; 2) 24; 3) 11 - 137 ball

3. O'tkir Yusupov – 1) 2; 2) 5; 3) 13 - 29 ball

4. Akmal Mozgovoy – 1) 3; 2) 3; 3) 4 - 19 ball

5. Husniddin Aliqulov – 1) 1; 2) 2; 3) 10 - 17 ball

6. Abduvohid Nematov – 1) 0; 2) 4; 3) 8 - 16 ball

7. Anvar Hojimirzaev – 1) 0; 2) 4; 3) 7 - 15 ball

8. Jamshid Iskanderov – 1) 0; 2) 0; 2) 1 - 1 ball


Sherzod NurmatovMaqola muallifi
Muqova: ЎФА матбуот хизмати

Izohlar

Otabek Uzoqov
16 dec 2024
Shu ketishda boʻlsa 2025 da ham Abbos va Abduqodir baxsini koʻramiz shekilli
Achchiq bo'lsayam haqiqat yaxshi
16 dec 2024
Абдулқодирга озгина овоз етмабди. Термамиз таркиби тарихдаги энг кучли таркиблардан бири бўлиб шаклланяпти муҳими шу. Бизга Файзуллаев, Ҳусанов, Шомуродов, Юсупов ҳаммаси қадрли. Чунки буларни ҳеч бири термамизга бир-биридан кам жон куйдиришаётгани йўқ.
Rasul M
16 dec 2024
Jamshid İskanderovga nimasi uchun berishibdi Xayronman Lekin Abbos Xam Abduqodir xam xaqli lekin Abduqodir Juda kuchli Futbolchi Xozir Evropada markaziy ximoyachilar orasida kuchli 20talikka kirsa kerak agar kuchli 10talikda bolmasa
Bekzod
16 dec 2024
Хот я б откирга якинрок овоз хам берилмапти но улар биздан коп нарсани тушунади барибир