"Lokomotiv": Sport jurnalistlari diqqatiga!

Narzulla Saydullayev
9 fev 2015
“Lokomotiv” PFK matbuot xizmati jurnalistlarni Osiyo Chempionlar ligasi uchun akkreditatsiyadan o'tkazish jarayonini boshladi.
Akkreditatsiyadan o'tish uchun ommaviy axborot vositalari xodimlari 2015 yilning 20 fevraliga qadar “Lokomotiv” PFK bosh direktori o'rinbosari Akramov To'labek Abrorovich nomiga o'z tashkilotlari rahbari nomidan akkreditatsiyadan o'tkazish uchun xat, 3x4 hajmdagi fotosurat, pasportdan nusxa taqdim etishlari so'raladi.

Barcha ma'lumotlar lokomotiv-uzb@mail.ru elektron pochta adresi orqali qabul qilinadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: lokomotiv.uz