

Direktorlar kengashi raisi Deniel Levi sport direktori Fabio Paratichiga Antonio Konte jamoani tark etsa, jamoaga tashrif buyurishi mumkin bo'lgan murabbiylar ro'yxatini tuzishni topshirshgan. Mish-mishlarga ko'ra, ushbu ro'yxatning boshida Enrike turibdi.
Nomzodlar qatorida Frankfurtning “Ayntraxt” klubidan Oliver Glazner, “Sporting” ustozi Ruben Amorim hamda “Napoli”dan Luchano Spaletti o'rin olgan.



