Erik Kantona: "Neymar nima uchun PSJga o'tganini tushunmayman"

Tolibjon Qosimov
16 noya 2017
Fransiya terma jamoasi sobiq hujumchisi Erik Kantona Neymarning ortda qolgan yozda "Barselona"dan PSJga o'tganini tanqid qildi.

Braziliyalik Fransiya chempionatining dastlabki 12 turida 11ta gol urdi va 9ta golli pas oshirdi.

U nima uchun Fransiyaga o'tganini tushunmayman.

"U 25 yoshda, Braziliya terma jamoasida va "Barselona"da o'ynaydi... Biz biroz ajablandik, u "Gengam" va "Amen"ga qarshi o'ynash uchun Fransiya chempionatiga o'tdimi. Chempionlar ligasi? Bu mavsumda maksimum 10ta o'yin degani. U nima uchun Fransiyaga o'tganini tushunmayman. Kim tushunadi?", - dedi Kantona.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Yahoo Sport