Ernan Krespo Argentina klubidan iste'foga chiqdi

Narzulla Saydullayev
8 fev 2021
"Lacio", "Inter" va "Chelsi" jamoalarining sobiq hujumchisi Ernan Krespo "Defensa i Xustisiya" klubini boshqarayotgan edi.

45 yoshli mutaxassis bugun jamoa murabbiyi lavozimidan ketayotganini e'lon qildi. Krespo "Defensa i Xustisiya" klubini 2020 yilning yanvar oyidan beri boshqarayotgan edi. Jamoa bu davrda Janubiy Amerika kubogini qo'lga kiritdi.

Ma'lumot uchun, Krespo futbolchilik faoliyati davomida Argentina terma jamoasi safida 64 ta o'yin o'tkazib, 35 golga mualliflik qilgan edi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: