Eron U-17 bosh murabbiyi azon vaqtida intervyuni to'xtatdi

Sherzod Nurmatov
14 noya 2023
Eron U-17 terma jamoasi bosh murabbiyi Husayn Abdi azon yangrashi bilan intervyuni to'xtatib, ko'zlarini yumib oldi.

Forslar "S" guruhi 2-turiga tayyorgarlik ko'rmoqda. Bo'lajak raqib Angliya hisoblanadi. Husayn Abdi mashg'ulot jarayonida jurnalistlarning savollariga javob berayotgan paytda azon ovozi yangraydi, shu sababli, murabbiy nutqini to'xtatib, ko'zlarini yumib oldi.

Eron birinchi o'yinda amaldagi jahon chempioni Braziliyani 3:2 hisobida mag'lub etib, shov-shuvlarga sabab bo'ldi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia