"Men kecha jamoa mashg'ulotlariga qo'shildim. Umid qilamanki, guruhdagi ilk bellashuvda eng yaxshi o'yinimizni namoyish etib, g'alaba qozonamiz. Bizdagi jamoaviy muhit ideal darajada, uch o'yinda 9 ochko qo'lga kiritmoqchimiz. Maqsadimizga erishish uchun bor kuchimizni sarflaymiz. Biz qo'limizdan kelgancha kurashamiz va muxlislarni xushnud etishga harakat qilamiz", - dedi "Xall Siti" vingeri.
Eslatib o'tamiz, Eron U23 terma jamoasi Osiyo kubogi saralash bosqichida O'zbekiston, Afg'oniston va Hong Kong bilan bir guruhdan joy olgan. Guruh bosqichi g'oliblari va eng yaxshi natija qayd etgan to'rtta terma jamoa qita turnirida ishtirok etish huquqini qo'lga kiritadi.
Izohlar