Eshitdik-da! Behruz Karimovning oyoq suyagi sindi

Narzulla Saydullayev
12 apr 2026
Superliganing 7-turidan o'rin olgan "Navbahor" - "Surxon" (2:0) uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Ikkinchi taymda zaxiradan maydonga tushgan Behruz Karimov ko'p o'tmay jarohat tufayli maydonni tark etdi.

Championat.asia saytining xabariga ko'ra, Karimovning oyoq suyagi singan va u taxminan 1 oy muddatga safdan chiqqan.

Saytimiz o'quvchilari nomidan O'zbekiston milliy terma jamoasi futbolchisiga tezroq tuzalib safga qaytishini tilaymiz.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia