Eshitdik-da! "Lokomotiv" futbolchisi legionerga aylandi

Mirjalol Normatov
5 iyun 2022
"Lokomotiv" himoyachisi Sherzod Fayziev faoliyatini xorijda davom ettiradi.

Olgan ma'lumotlarimizga qaraganda himoyachi Malayziyaning "Sri Paxang" jamoasi bilan 1,5 yillik shartnoma imzolagan. Aynan shu sababli u "Loko" tarkibidagi so'nggi o'yinlarda ishtirok etmagan.

Qayd etish kerak, Sherzod Fayziev 2020 (24 o'yin) va 2021 yilgi (25 o'yin) mavsumda "Lokomotiv" tarkibida eng ko'p bahs o'tkazgan futbolchi bo'lgandi. Ushbu mavsumda esa u 5 uchrashuvda maydonga tushdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia