Eshitdik-da! "Neftchi" navbatdagi transferni amalga oshirmoqda

Tolibjon Qosimov
29 jan 2025
Superliga klublari yangi mavsumga tayyorgarlik jarayonini davom ettirishmoqda.

Farg'onaning "Neftchi" klubi qishki transfer oynasida eng faol jamoa bo'lib turibdi. 14 yanvar kuni saytimizda farg'onaliklar Ibrohimhalil Yo'ldoshev bilan shartnoma imzolashi mumkinligi haqida xabar bergan edik. "Championat.asia" olgan malumotlarga ko'ra, "Neftchi" va Yo'ldoshev o'zaro kelishuvga erishib bo'lgan. Klub tez orada ushbu transferni elon qiladi. Himoyachi ayni paytda Toshkentda. Futbolchining "Pari NN" bilan tuzgan shartnoma yozda yakunlanadi.

"Qayrat" jamoasi ayni paytda Turkiyada yig'in o'tkazmoqda va unda Ibrohimhalil ishtirok etmayapti.


Tolibjon QosimovMaqola muallifi
Muqova: Championat.asia

Izohlar

Odilov Muhammadvali
29 jan
Hayrli bolsin
Баходиржон 1912
29 jan
Шу бола меҳнаткаш.майдонда тинмайди .яхши харид
Nodirhon
29 jan
Нефтчи тилла кон топволдими ёки насияга уйнатадими
Neftci&Barca
29 jan
Нимага шу болани термага чакиришмаяпди?
Hamidillo Qosimov
29 jan
Ruslar sindirgan yana bir iqtidor