

Bizga ma'lum bo'lishicha, "Neftchi", "Qo'qon-1912" va "Buxoro" jamoalari futbolchilar oldidagi qarzdorlikni to'liq bartaraf etmagan.
O'FA qo'mitasi bu borada yuqoridagi klublarga 7 noyabrgacha to'lovni amalga oshirish haqida ogohlantirish yuborgan. Belgilangan muddat o'tdi va mazkur masala hamon ijobiy yakun topmadi.
Endilikda bu jamoalardan O'FA futbolchilar maqomi va o'tishi qo'mitasi qaroriga ko'ra uch ochko olib tashlanishi ehtimoli mavjud.



