Eshitdik-da! O'zbekiston Olimpiya terma jamoasi Okeaniya vakiliga qarshi maydonga tushadi

Оқил Абдубарноев
14 may 2024
Timur Kapadze shogirdlari Mali bilan ham o'yin o'tkazishini ma'lum qilgandik.

O'zbekiston U-23 terma jamoasi Parij Olimpidasiga tayyorgarlik doirasida Yangi Zelandiya bilan nazorat uchrashuvida maydonga tushishi mumkin.

Championat.asia saytiga ma'lum bo'lishicha, mazkur bahsning o'tkazilish ehtimoli yuqori, biroq o'yin o'tkaziladigan va vaqti aniq emas.

Eslatib o'tamiz, Timur Kapadze shogirdlari "C" guruhida Ispaniya, Misr va Dominikan Respublikasi bilan bellashadi.

Avvalroq "oq bo'rilar" Mali bilan o'yin o'tkazishi haqida xabar berilgandi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia