Evro-2024. Bugungi uchrashuvlarni boshqarib boradigan hakamlar nomi elon qilindi

Sherzod Nurmatov
17 jun 2024
UEFA 17 iyun kuniga belgilangan Evro-2024 guruh bosqichi o'yinlariga hakamlarni tayinladi.

Ruminiya – Ukraina uchrashuvini shveciyalik hakamlar boshqarib boradi. Bosh hakam – Glenn Nyuberg, assistentlar – Maxbod Beygi va Andreas Sederkvist. Norvegiyalik Espen Eskos to'rtinchi hakam, niderlandiyalik Rob Diperink esa VAR hakami etib tayinlandi.

Belgiya – Slovakiya uchrashuvini turkiyalik hakamlar boshqarib boradi. Bosh hakam – Umut Meler, assistentlar – Emre Eyisoy va Kerem Ersoy. To'rtinchi hakamlik vazifasini niderlandiyalik Serdar Gyozyubyuyuk, VAR hakamligini esa germaniyalik Bastian Dankert bajaradi.

Avstriya – Franciya uchrashuvini ispaniyalik hakamlar boshqarib boradi. Bosh hakam – Xesus Xil Mansano, assistentlar – Diego Barbero va Anxel Nevado. To'rtinchi hakam ukrainalik Nikolay Balakin, VAR hakami esa Xuan Martines Munuera bo'ladi.


Sherzod NurmatovMaqola muallifi
Muqova: uefa.com

Izohlar