Fabio Kannavaro murabbiylik faoliyatiga qaytishga yaqin

Eldor Akmurzayev
20 sep 2022
JCH-2006 g'olibi va “Oltin to'p” sohibi Fabio Kannavaro “Benevento”da ish boshlashi kutilmoqda.

Tomonlar 2 yillik shartnoma bo'yicha kelishuvga erishgan. 49 yoshli mutaxassisning oxirgi ish joyi 2021 yil “Guanchjou Evergrand” bo'lgandi. Shuningdek, u “Al Nassr”, “Tyanczin Cyuanczyan”da faoliyat olib borgan va 2019 yil Xitoy TJni boshqargan.

“Benevento” 2020/21 yilgi mavsum A Seriyadan tushib ketgandi. Hozirda jamoa B Seriyada 13-o'rinda bormoqda.


Eldor AkmurzayevMaqola muallifi
Qopqoq: TMW

Izohlar