Farg'ona viloyati kubogi-2025. Final uchrashuvi bo'lib o'tdi

Khoja
30 dek 2026
Viloyat kubogi–2025 musobaqasining final uchrashuvida “Yaypan Farg'ona” hamda “Neftchi” U-21 jamoalari o'zaro kuch sinashdi.

Asosiy vaqt davomida kechgan murosasiz bahs 1:1 hisobida yakunlandi.

G'olibni aniqlash uchun jamoalar to'g'ridan-to'g'ri penaltilar seriyasiga murojaat qilishdi. Mas'uliyat bilan harakat qilgan “Yaypan Farg'ona” jamoasi penaltilar seriyasida 5:3 hisobida ustun kelib, umumiy hisobda 1:1 (5:3) natija bilan g'alabani qo'lga kiritdi.

Shu tariqa, “Yaypan Farg'ona” jamoasi Viloyat kubogi–2025 musobaqasi chempioni sifatida etirof etildi.




KhojaMuallif
Manba: championat.asia