

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 4 dekabrdagi “O'zbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PF-5887-sonli Farmonining ijrosini taminlash maqsadida hamda O'zbekiston futbol assotsiatsiyasining taqvim rejasi asosida joriy yilning 2-7 sentyabr kunlari Farg'ona shahridagi "Futbol markazi" binosida OFKning “Level -1”futzal trenerlik licenziyasi o'quv kurslariga start berildi. O'quv kursini O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi instruktori Farrux Zokirov olib bormoqda. O'quv kursi koordinatori Farg'ona viloyat futbol assotsiatsiyasi mutaxassisi Ravshan Mirzakarimov yordamlashmoqda.
OFKning “Level -1” futzal trenerlik licenziyasi o'quv kursida 15 nafar trenerlikka nomzod tinglovchilar qatnashishmoqda. Ular ichida O'zbekiston futzal terma jamoasining hozirgi va sobiq futzalchilari Dilshod Rahmatov, Ilhom Yusufjonov, G'ulom Mamajonovlar ham qatnashmoqda. O'quv kursi barcha karantin qoidalariga amal qilingan holda olib borilmoqda.



