“Fenerbaxche” rasman O'zil bilan shartnoma imzolaganini e'lon qildi

Eldor Akmurzayev
24 yanv 2021
“Fenerbahche” rasmiy sayti Mesut O'zil erkin agent sifatida klubga o'tganini tasdiqladi.

U “Arsenal” bilan shartnomasini muddatidan oldin bekor qildi.

Germaniyalik turk jamoasi bilan 3,5 yillik kelishuvga erishdi. Bitimning moliyaviy tomonlari esa oshkor qilinmadi. O'zil bugun “Fenerbahche” qarorgohida tibbiy ko'rikdan o'tdi.

32 yoshli xavbek “to'pchilar” safida 2013 yildan boshlab to'p tepib kelayotgandi. Bungacha esa u “Shalke”, “Verder” va “Real” sharafini himoya qilgan.

Ma'lumot o'rnida, Erol Bulut shogirdlari Turkiya Superligasi 20 turidan keyin 39 ochko to'plagan holda 3-o'rinda bormoqda. 


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: twitter.com/Fenerbahce