Fergyuson Ten Hagning "Manchester Yunayted"dagi ishini qadrlaydi

Sherzod Nurmatov
15 avg 2023
Ser Aleks Fergyuson "Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Erik Ten Hagning ishi haqida fikrlarini bildirdi.

Uning fikricha, jamoa ustozi o'ziga kerakli futbolchilarni olib kelgan, bu juda muhim.

"Poydevor qo'yilgan, ularni har doim darvozabon va markaziy hujumchi to'ldiradi. Yangi darvozabon jismonan yaxshi tayyorlangan, umid qilamanki, yangi markaziy hujumchi tez fursatlarda formaga kirib oladi", – dedi Fergyuson.

"Manchester Yunayted" o'tgan mavsum APLda 3-o'rinni egallab, Chempionlar Ligasi guruh bosqichiga yo'llanmani kafolatladi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Manchester Evening News