Ferran Torres "Barsa"ning omadsizliklari haqida: "Barchasini vaqt ko'rsatadi"

Omonjon To`xtamirzayev
24 dek 2024
Kataloniyaning "Barselona" klubi vingeri Ferran Torres jamoasining Ispaniya chempionatidagi oxirgi omadsizliklari haqida gapirdi.

"Mavsum – bu marafon, barchasini uzoq masofa ko'rsatadi. Unda omadli va omadsiz vaqtlar bo'ladi, muhimi tushkunlikka tushmay, o'z o'yinimizni topish. Biz optimal sport formasida bo'lsak, hech bir raqib bizni to'xtata olmaydi", – deya Torres so'zlaridan iqtibos keltiradi "Esport3". 

"Barselona" La Ligada "Atletiko Madrid" va "Real Madrid"dan keyin uchinchi o'rinni egallab turibdi. Oxirgi turda Xansi Flik shogirdlari aynan "matraschilar"ga imkoniyatni boy berib qo'yishdi. 


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Esport3