"Fiorentina" "Yuventus" yarim himoyachisiga qiziqmoqda

Omonjon To`xtamirzayev
14 iyul 2023
"Yuventus" yarim himoyachisi Artur Melo qator klublar qiziqishiga sabab bo'lmoqda.

Avvalroq futbolchi xizmatlariga "Vest Xem", "Aston Villa" va "Vulverxempton" qiziqayotgani aytilgandi. Endilikda "Fiorentina" varianti paydo bo'lgani takidlanmoqda. Florenciyaliklar Meloni sotib olish huquqi bilan ijaraga olishlari mumkin.

Takidlash lozim, Artur Melo "Yuventus" rejalariga kirmasligi haqida xabar bergandik.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: The Mirror