Forbes reytingida eng qimmat sport jamoalari e'lon qilindi

Оқил Абдубарноев
11 sen 2022
Nufuzli Forbes jurnali eng qimmat sport jamoalari reytingini e'lon qildi.

Eng yaxshi ellikta jamoadan o'ttiztasi NFL (Amerika futboli) jamoalari hisoblanadi. Uchlikni ham ushbu liga vakillari band qilishgan. Ro'yxatni "Dallas kovboys" jamoasi 8 mlrd dollar narx bilan boshqarib turibdi. "Nyu Angliya Patriots" jamoasining qiymati 6.4 mlrd dollar etib belgilangan. Uchinchi pog'onani esa "Los-Anjeles Rems" egallagan.

Eng qimmat futbol klubi sifatida esa Madridning "Real" klubi topilgan. "Qirollik klubi" 5.1 mlrd dollarga baholangan va umumiy reytingda 13-pog'onadan joy olgan. Futbol jamoalari orasida ikkinchi o'rinni (umumiy - 15 o'rin) "Barselona" (5 mlrd dollar) band etgan bo'lsa, kuchli uchlikni (umumiy - 19 o'rin) "Manchester Yunayted" yakunlagan, "qizil iblislar"ning narxi 4.6 mlrd dollar sifatida qayd etilgan.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Sportbible