Fors Ko'rfazi kubogi. BAA - Quvayt 2:2, Iroq - Ummon 1:1

Narzulla Saydullayev
18 noya 2014
2014 yilgi Fors Ko'rfazi kubogi musobaqasi davom etmoqda.
Kecha "B" guruhida ikkinchi tur o'yinlari bo'lib o'tdi. BAA Quvayt ustidan 2:0 hisobida oldinda borib yakunda durang o'ynadi - 2:2.

Iroq va Ummon o'rtasidagi uchrashuvda ham g'olib aniqlanmadi - 1:1.

Guruhda 4 ochkoga ega Quvayt peshqadamlik qilmoqda. BAA va Ummon hisobida 2tadan ochko bor. Iroq hisobida bir ochko mavjud.

3-turda BAA Iroq bilan, Quvayt Ummon bilan kuch sinashadi.


1-tur. 14 noyabr
BAA - Ummon 0:0
Iroq - Quvayt 0:1


2-tur. 17 noyabr
BAA - Quvayt 2:2
Gollar:
Ali Mabxut 18, 35 - Yusuf Al Sulaymon 37, Badr Al Mutva 39.

Iroq - Ummon 1:1
Gollar
: Yosir Al Kadafaje 14 - Ahmad Al Mahaijri 51 penalti.


3-tur. 20 noyabr
BAA - Iroq
Quvayt - Ummon

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia