Fox Deportes: Ibragimovich yozda Los-Andjeles Gelaksiga o'tadi

Narzulla Saydullayev
5 apr 2017
Manchester Yunayted hujumchisi Zlatan Ibragimovich mavsum tugagach Los-Andjeles Gelaksiga o'tadi.

Amerikaning Fox Deportes kanali tomonlar kelishuvga erishib bo'lishgani haqida ma'lum qildi.

Yaqinda futbolchi MYU bilan shartnomani uzaytirish ishlari ketayotgani, biroq kelajakda qayerda o'ynashini bilmasligini aytgandi.

Oldinroq Los-Anjeles Gelaksi Ibragimovichni MLS ligasida eng ko'p maosh oluvchi futbolchiga aylantirmoqchi ekanligi haqida xabarlar chiqqandi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: twitter.com/MisterChiping