Fransiya FF prezidenti: “Zidan terma jamoada?”

Eldor Akmurzayev
8 may 2022
Fransiya futbol federatsiyasi prezidenti Noel Le Gre Zinedin Zidan borasida fikr bildirdi.

U Zidanni Fransiya termasi ustozi Dide Desham o'rinbosari sifatida ko'rilayotgani haqidagi mish-mishlarga javob berdi.

“Aytayotgan gaplarimizda ehtiyotkor bo'lishimiz lozim. Zidan Madridda murabbiy uchun kerak bo'lgan barcha fazilatlarga egaligini ko'rsata oldi.

Francuzlarning fikriga ko'ra, u termani boshqarishi mumkin. Biroq, uni taklif qilishning vaqti emas. Agar Dide bilan yo'llarimiz ayriladigan bo'lsa, u albatta nomzodlar qatorida bo'ladi.

Ayni dam Zinedin Zidan PSJni boshqarish ehtimoli katta. Terma jamoa bosh murabbiyi haqida esa shuni aytishim mumkinki, bo'lajak mundialda g'olib bo'lish uchun Dide Deshamga barcha kerakli sharoitlarni yaratib berishimiz kerak”, deydi Fransiya FF rahbari.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: L'Equipe