

Futbolchi o'tgan yozda Liga 1 klubiga ijara asosida o'tgan edi.
Manba ma'lumotlariga ko'ra, 23 yoshli ispaniyalik Monakoda o'zini yaxshi his qilmoqda va qolishni istaydi. Lekin o'yinchining maoshi to'siq bo'ladi. Bu mavsumda monegasklar uning "Barselona"dagi maoshining faqat yarmini - 250 ming evroni to'lamoqda. Shu bilan birga, klubning eng ko'p maosh oladigan futbolchisi yarim himoyachi Denis Zakariya bo'lib, u oyiga 330 ming evro maosh oladi.
Joriy mavsumda Fati barcha musobaqalarda 25 ta o'yinda maydonga tushib, 9 ta gol urdi.



