Jamoa 23 mart kuni Germaniyaga qarshi maydonga tusha, 26 mart sanasida Chili bilan o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazadi. Dide Desham bo'lajak o'yinlarga 23 futbolchini jalb etdi.
Darvozabonlar: Alfons Areolya (Vest Hem), Mayk Menyan (Milan), Bris Samba (Lans);
Himoyachilar: Jonatan Kloss (Marsel), Lyuka Ernandes (PSJ), Teo Ernandes (Milan), Ibrohim Konate (Liverpul), Jyul Kunde (Barselona), Benjamen Pavar (Inter), Vilyam Saliba (Arsenal), Dayo Upamekano (Bavariya);
Yarimhimoyachilar: Eduardo Kamavinga, Orelien Chuameni (ikkisi – Real), Yusuf Fofana (Monako), Adrien Rabio (Yuventus), Uorren Zair-Emeri (PSJ);
Hujumchilar: Musa Diabi (Aston Villa), Olivie Jiru (Milan), Antuan Grizmann (Atletiko), Markus Tyuram (Inter), Randal Kolo-Muani, Usmon Dembele, Kilian Mbappe (barchasi PSJ).
Izohlar