Fransiya terma jamoasiga chaqirilganlar ro'yxati e'lon qilindi

Aslanov Jasurbek
21 may 2025
Kilian Mbappe va Usman Dembele Millatlar ligasi final bosqichi uchun Fransiya terma jamoasi tarkibiga kiritildi.

Fransiya Millatlar Ligasi yarim finalida 5 iyun kuni Ispaniyaga qarshi o'ynaydi. G'olib 8 iyunda Germaniya – Portugaliya juftligining kuchlirog'i bilan kubok uchun kurashadi.

Darvozabonlar: Mayk Menyan ("Milan"), Bris Samba ("Lans"), Lyuka Shevale ("Lill");

Himoyachilar: Lyuka Din ("Aston Villa"), Teo Ernandes ("Milan"), Ibraima Konate ("Liverpul"), Loik Bade ("Sevilya"), Malo Gyusto ("Chelsi"), Lyuka Ernandes (PSJ), Per Kalulu ("Yuventus"), Benjamen Pavar ("Inter"), Kleman Langle ("Atletiko");

Yarim himoyachilar: Matteo Genduzi ("Lacio"), Kuadio Kone ("Roma"), Adrien Rabo ("Marsel"), Uorren Zair-Emeri ("PSJ"), Orelen Tchuameni ("Real");

Hujumchilar: Bredli Barkolya, Usman Dembele, Randal Kolo-Muani, Dezire Due (barchasi – PSJ), Maykl Olise ("Bavariya"), Markus Tyuram ("Inter"), Rayan Sherki ("Lion"), Kilian Mbappe ("Real").


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: equipedefrance