Frenk Lempard: "1 yanvargacha "Siti"daman, keyin nima bo'lishini ko'ramiz"
Aziz Tukhtamuradov
6 okt 2014
"Manchester Siti"da ijara asosida to'p surayotgan "Nyu-York Siti" futbolchisi Frenk Lempard inglizlar safida qolish masalasidagi savollarga javob berib o'tdi.
"1 yanvargacha "Manchester Siti"daman. Shu sababli faqat shu haqida o'ylayapman. Nima bo'lishini keyin bilamiz.
Mavsum avvalida bu haqda ko'p gapirildi. Lekin, kelajagim qay tarzda o'yin ko'rsatishimga bog'liq.
Agar yaxshi o'yin ko'rsata olmasam, yanvarda "Siti"dan ketaman", - deydi Lempard.