"Futbolni 22 kishi o'ynaydi va Germaniya g'alaba qozonadi. Agar guruhdan chiqsa"

Sherzod Nurmatov
2 dec 2022
Lineker o'ziga tegishli iborani yana o'zgartirdi.


Gari Lineker – futboldagi eng zo'r iqtiboslardan biri muallifi: "22 kishi futbol o'ynaydi, nemislar g'alaba qozonadi".

Bu iqtibos tarixga kirgan. Asl nusxasi mana bunday: "Futbol – oddiy o'yin. 90 daqiqa davomida 22 kishi to'p ortidan yuguradi, yakunda Germaniya g'alaba qozonadi".

Lineker – 1986 yilgi Jahon chempionati to'purari, terma jamoada 48 ta gol urgan, hozir esa ekspert. U bu so'zlarni 1990 yilgi Jahon chempionati yarim finalida Angliya GFRga penaltilar seriyasiga ko'ra mag'lub bo'lganidan keyin aytgan edi.

OAV yulduziga aylangan Lineker Germaniya bilan bog'liq muhim voqea sodir bo'lishi bilan bu mavzu haqida doimo hazil qiladi.

Germaniya terma jamoasi 2022 yilgi Jahon chempionatida guruhdan chiqolmaganidan so'ng u Twitter'da shunday deb yozdi: "Futbol – oddiy o'yin. 22 kishi 90 daqiqa davomida to'pni quvib yuradi, yakunda Germaniya g'alaba qozonadi. Agar ular guruhdan chiqishga muvaffaq bo'lishsa".



Bu uning birinchi marta masxara qilishi emas:

Germaniya terma jamoasi JCH-2018da Shveciya ustidan qozongan dramatik g'alabasi (Toni Kroos g'alaba to'pini kiritgan)dan so'ng: "Futbol – oddiy o'yin. 22 nafar futbolchi 82 daqiqa davomida to'pni quvib yuradi, bir nemis maydondan chetlatiladi. Keyin 21 nafar futbolchi 13 daqiqa davomida to'pni taqib qiladi va yakunda nemislar qandaydir tarzda g'alaba qozonishadi".

Nemislarning JCH-2018dagi ishtirokidan keyin: "Futbol – oddiy o'yin. Unda 22 kishi to'p ortidan 90 daqiqa yuguradi va yakunda nemislar endi g'alaba qozonmaydi. Oldingi versiya tarixda qoldi".

Germaniya 2018 yilda Millatlar Ligasining elit divizionidan tushib ketganidan so'ng: "Kimki futbolni 22 kishi 90 daqiqa o'ynaydi, lekin yakunda nemislar g'alaba qozonadi, desa, hech narsani tushunmaydi va uni ishdan bo'shatish kerak".

Evro-2020da Angliya Germaniya ustidan g'alabaga erishganidan keyin: "Menimcha, "nemislar har doim g'alaba qozonadi" iborasini yuborish vaqti keldi. Joyi jannatda bo'lsin".

Ibora yana qaytdi, faqat boshqacha ko'rinishda! 


Sherzod NurmatovMaqola muallifi
Qopqoq: championat.asia

Izohlar

Dostonbek Bavariya
2 dec 2022
Muhimi 1-aytilgan ibora, alam va dard bilan aytgan buni oʻsha paytlarda lineker. Qolgan versiyalari esa shunchaki ahamiyatsiz. Har bir termani omadsiz davri boʻladi, kimsan italiyalar qatnashamayabdi hozir, boʻp turadi bunaqasi. Keyingi musobaqalarda omad bundestimga
Менинг исмим КЕН
2 dec 2022
Линекернинг башоратлариям Тоштемир Тойлоқовнинг об-ҳаво маълумотларига ўхшаб қолибди. Ёмғир ёғса ёғади, бўлмаса ёғмасдан ўтиб кетади, дегандек.
Legioner007
2 dec 2022
Jahon chempionatini ham ko'r ko'rona oʻtqazish kerak yaʼni guruh bahslaridan keyin 1/8 1/4 1/2 finallarini qura natijasida raqiblarini bilsa nur ustiga aʼlo nur boʻlardi...
Erling Xoland
2 dec 2022
Lineker axmoqona iborang boshingni yediku lo'tiboz.Deyarli 2 JCH da guruxdan chiqolmadi nemislar.Hozir maqoling esa aksi bo'lib qolgan.Lineker "Fudbolni 22 kishi o'ynaydi va yakunda Germaniya ami chiqib guruxda qolib ketadi" deyish kerak.Vuaxaxaxax.He ma'qolinga ham seni gangir qo'y.
Aral988
2 dec 2022
Ана япон корейслар шулар билан уйнаш керак купрок каякдаги судан малайзиялар билан уйнаб ютганимизга мактанамиз.