Futzal bo'yicha 2020 yilgi Osiyo chempionatining barcha ishtirokchilari ma'lum bo'ldi

Eldor Akmurzayev
28 okt 2019
2020 yilning 24-fevralidan 10-martiga qadar Turkmaniston poytaxti Ashxabod shahrida bo'lib o'tadigan futzal bo'yicha Osiyo chempionatining barcha ishtirokchilari ma'lum bo'ldi.

Demak, musobaqada 16ta terma jamoa qatnashadi. Ular qur'a tashlash marosimi oldidan quyidagi savatchalarga joylanadi. 

Birinchi savatcha:
Turkmaniston (mezbon)
Eron
Yaponiya
O'zbekiston


Ikkinchi savatcha:
Livan
Vetnam
Bahrain
Tailand


Uchinchi savatcha:
Qirg'iziston
Tojikiston
Xitoy
J,Koreya


To'rtinchi savatcha:
S.Arabistoni
Indoneziya
Quvayt
Ummon

Eslatib o'tamiz, qita birinchiligi yarim finaliga chiqqan hamda beshinchi o'rinni qo'lga kiritgann terma jamoalar 2020-yilning kuzida Litvada bo'lib o'tadigan jahon chempionatiga yo'llanmani qo'lga kiritishadi. 


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia