Futzal. Bugun terma jamoamiz Livanga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi

Nozimov Nig'monxo'ja
1 okt 2023
O'zbekiston futzal terma jamoasi Osiyo kubogining saralash bahslariga munosib tayyorgarlik ko'rish maqsadida ayni vaqtda Toshkentda o'quv-yig'in mashg'ulotlarini olib bormoqda.

 Bugun Bahodir Ahmedov shogirdlari Livanga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi. Uchrashuv soat 17:00 da “Yunusobod” sport majmuasida boshlanadi.

 Eslatib o'tamiz, O'zbekiston terma jamoasi joriy yilning 7-11 oktyabr kunlari Farg'ona shahrida Osiyo kubogiga saralash bosqichi doirasida Iroq, Kombodja va Malayziyaga qarshi uchrashuv o'tkazadi.


Nozimov Nig'monxo'jaMuallif
Manba: championat.asia