Futzal. JCH qur'asida O'zbekiston nomidan Xose Mariya Mendez qatnashadi

Tolibjon Qosimov
19 may 2016
2016 yilning 10 sentyabridan 1 oktyabriga qadar Kolumbiyada futzal bo'yicha Jahon chempionati bo'lib o'tadi.

Ertaga Toshkent vaqti bilan 04:00da mundialga qur'a tashlash marosimi o'tkaziladi. Aslida qur'a 19 may mahalliy vaqt bilan 18:00ga mo'ljallangan, lekin Kolumbiya vaqti bizdan 10 soat orqada ekanligi hisobiga, marosim Toshkent vaqti bilan 20 may 04:00da boshlanadi.

Dunyoning eng kuchli 24 terma jamoasi ishtirok etuvchi Jahon chempionatining qur'a tashlash marosimida O'zbekiston nomidan terma jamoa bosh murabbiyi Xose Mariya Mendez qatnashadi. Janob Mendez tadbir tashkillashtiriladigan Medelin shahriga kecha Madrid orqali yetib bordi.
Jahon chempionatiga chiqqan 24 terma jamoa:

Mezbon - Kolumbiya
Osiyo - Eron, O'zbekiston, Tailand, Vetnam, Avstraliya.
Janubiy Amerika - Argentina, Braziliya, Paragvay.
Okeaniya - Solomon orollari
Afrika - Misr, Marokash, Mozambik
Shimoliy Amerika - Kosta-Rika, Kuba, Guatemala, Panama
Yevropa - Ozarbayjon, Italiya, Qozog'iston, Portugaliya, Rossiya, Ispaniya, Ukraina


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: ufa.uz