Futzalchilarimiz mart oyi boshida Toshkentda ikkita o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi

Narzulla Saydullayev
13 fev 2024
Futzal bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi Osiyo kubogiga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.

Xose Venansio Lopes boshchiligidagi terma jamoa 4 va 5 mart kunlari Toshkentda Tojikiston terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvlari o'tkazadi. Bu haqda Tojikiston futbol Federatsiyasi xabar berdi.

Takidlash kerakki, 17-28 aprel kunlari Tailandda o'tadigan Osiyo chempionatida, O'zbekiston terma jamoasi B guruhida Saudiya Arabistoni, Iroq va Avstraliya bilan kuch sinashadi.

4 mart (dushanba)
O'zbekiston - Tojikiston

Toshkent, O'zbekiston

5 mart (seshanba)
O'zbekiston - Tojikiston

Toshkent, O'zbekiston


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia