

“MYU hozircha men bilan aloqaga chiqmadi. Agar shunday bo'lsa, unda o'ylab ko'raman. Yozda u erga o'tishni o'ylagandim, ammo hech narsa ro'y bermadi. Endi kutish va vaziyatni kuzatish qoldi”, deydi Gakpo.
23 yoshli futbolchi PSV safida 24 bahsda qatnashib, 13+18 natija qayd etmoqda. JCH-2022'da esa u 3 bor raqiblar darvozasini ishg'ol etdi.
Eslatib o'tamiz, Niderlandiya TJ mundial chorak finalida Argentina bilan bahslashadi. Ular o'rtasidagi uchrashuv 9 dekabr (23:59) kuni bo'lib o'tadi.



