Garovda yutqazgan "Volfsberg" prezidenti sochini kalga oldirib tashladi

Mirjalol Normatov
13 dec 2020
"Volfsberg" prezidenti Ditmar Rigler futbolchilar bilan bahsda mag'lub bo'ldi va sochini kalga oldirib tashladi.

Gap shundaki, klub prezidenti jamoasining Evropa ligasi pley-off bosqichiga chiqa olmasligini aytgan. Jamoa darvozaboni esa 1/16 finalga chiqishiga ishonishini aytib, bahs boylashgan. "Volfsberg" Evropa ligasida CSKA, Zagrebning "Dinamo"si va "Feyenoord" bilan bir guruhdan o'rin olgandi.

Avstriya jamoasi 10 ochko to'plagan holda 2-o'rinni qo'lga kiritib, navbatdagi bosqichga yo'l oldi.


Mirjalol NormatovMaqola muallifi
Muqova: Goal

Izohlar

G'iyos_88
13 dec 2020
Gapida turadiganlar hurmatga loyiq.
+998977978397
13 dec 2020
mujik ekan
{|més que un club|}
13 dec 2020
Oyinchilarga yaxshi motivatsiya bogan buyam
MYU POGBA
13 dec 2020
Agar bizni murabbiylar bolganda sochlari 5 metr bolib ketardi
Bek 1737
13 dec 2020
Boshqaruvchi va futbolchi o‘rtasida masofa bo‘lishi kerak