"Gavr"ning 18 yoshli hujumchisi MYUga o'tadi

Sherzod Nurmatov
2 may 2025
Insayder Fabricio Romanoning xabar berishicha, "Manchester Yunayted" "Gavr" hujumchisi Enco Kana-Biyikni sotib olish bo'yicha kelishuvga erishgan.

"Qizil iblislar" 18 yoshli fransiyalik futbolchi bilan 2030 yilgacha shartnoma tuzishni va bitimda uni uzaytirish imkoniyatini ko'zda tutishni rejalashtirmoqda. Bundan tashqari, Kana-Biyik kelgusi mavsum ijara asosida Shveytsariyaning "Lozanna" jamoasida o'ynashi ehtimoli yuqori.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: x.com/FabrizioRomano