"Uchrashuv shiddatli o'tdi, deya olaman. Maydonga g'alaba uchun chiqqan edik. Vaziyatlardan foydalana olganimiz yo'q. Golli vaziyatlar yaratdik. Mavsumga tayyorgarlikni kech boshlaganmiz. Shu bois futbolchilar o'yindan-o'yinga kirishib borishadi. Keyingi uchrashuvlarda ijobiy natija ko'rsatishga harakat qilamiz",- deydi Umid Qudratov.
- Ketma-ket ikki uchrashuvdan beri bosh murabbiy Genaddiy Kochnev ko'rinish bermayapti. Mazkur vaziyatga izoh bera olasizmi?
- Sog'liklari sababli uchrashuvlarga kela olmayapti. O'zlarini tiklab olsalar albatta biz bilan bo'ladi.
- Jamoaning ko'rsatgan o'yinidan qoniqdingizmi?
- Qaysidir manoda qoniqdim, deb bo'lmaydi. Chunki yuta olmadik. Fikrimcha bugun ikki ochko yo'qotdik. G'alabaga haqliroq o'ynagandik.
Izohlar