

"Bu og'ir dam, lekin u meni hech qachon sindira olmaydi. Men kim ekanimni va qayerdan kelganimni bilaman! "Siti" muxlislariga cheksiz qo'llab-quvvatlov uchun rahmat! Sizlarni yaxshi ko'raman va har kuni maydonga yanada kuchliroq bo'lib qaytish uchun kurashaman - "Manchester Siti" jangchisi sifatida", – dedi Gvardiol.
Futbolchi jarohatni Angliya Premer-ligasining "Chelsi"ga qarshi o'yini (1:1) ikkinchi taymida olgandi. Klubning ma'lum qilishicha, himoyachini shu hafta operaciya kutib turibdi. Hozirda jarohat darajasi va tiklanish muddatlarini aniqlash uchun qo'shimcha tekshiruvlar olib borilmoqda.
Yoshko Gvardiol "shaharliklar" himoya chizig'ining asosiy futbolchilaridan biri hisoblanadi va uning qaytishi mavsumning qolgan qismida Xosep Gvardiola jamoasi uchun juda muhim bo'ladi.



