Gvardiola deyarli 100 million evrolik himoyachini sotib olishni so'radi

Khoja
17 mar 2026
"Manchester Siti" "Tottenxem" himoyachisi Pedro Porroni sotib olishi mumkin.

London klubidagi moliyaviy qiyinchiliklar sababli himoyadagi yetakchisini 93 million evroga sotishmoqchi. Bu summani esa "shaharliklar" to'lashlari mumkin. Sababi ushbu transferni "Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiolaning o'zi so'ragan. Porro orqali ispaniyalik mutaxassis o'n qanot himoyadagi muammolarni yopishni reja qilgan.

Ma'lumot uchun, Porro 2019-2022 yillar oralig'ida "Manchester Siti" tizimida harakat qilgan, biroq himoyachi "Siti" safida bitta ham o'yinda ishtirok etmagan.

26 yoshli himoyachi joriy mavsum 38 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 1 ta gol va 6 ta assist bor. Uni "Tottenxem" bilan tuzgan shartnomasi 2028 yilning yozida yakunlandi.


KhojaMuallif
Manba: skysport