Gvardiola Man Sitining muammolari haqida fikr bildirdi

Khoja
17 dek 2024
Manchester Siti bosh murabbiyi Pep Gvardiola jamoaning muammolari haqida fikr bildirdi.

Bu mavsum qiyin bo'ladi deb o'ylagandim, ammo bu darajada emas. Men boshliqman, murabbiyman va bu mening aybim. Faoliyatimda birinchi marta nima qilish kerakligini bilmayapman, - deb fikr bildirdi murabbiy.

Eslatib o'tamiz, Shaharliklar so'nggi 11 ta uchrashuvning 8 tasida mag'lub bo'lishdi. Hozirda APLning amaldagi chempionlari turnir jadvalida 27 ta ochko bilan 5-pog'onada kyetishmoqda.


KhojaMuallif
Manba: championat.com