Gvardiola: "Manchester Yunayted" o'z maydonida "Vest Bromvich"ga yutqazmaydi"

Mirjalol Normatov
15 apr 2018
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola "Tottenxem"ga (1:3) qarshi uchrashuvdan keyingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Jamoada yaxshi futbolchilar bor. O'tgan hafta biz uchun juda yomon o'tdi. Endi "Suonsi"ga qarshi bahsda chempionlikni qo'lga kiritish uchun intilamiz. Bu yerdaligim va shu klubning bir bo'lagi ekanligimdan mamnunman. "Manchester Yunayted" o'z maydonida "Vest Bromvich"ga yutqazmaydi. Oldimda uch dam olish kunim bor, yakshanba kuni golf o'ynashga boraman", - dedi Pep.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: ESPN