Gvardiola Messining "Siti"ga o'tishi mumkinligi borasidagi mish-mishlarga izoh berdi

Mirjalol Normatov
7 fev 2020
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola "Barselona" hujumchisi Leo Messi "shaharliklar" tarkibiga o'tishi mumkinligi borasidagi mish-mishlarga izoh berdi.

Oldinroq "Barselona" jamoasidagi ichki ziddiyatlar tufayli argentinalik futbolchi kataloniyaliklar safini tark etishi mumkinligi borasida ma'lumotlar tarqagandi.

"U "Barselona" futbolchisi. Boshqa klubning futbolchilari haqida gapirishni istamayman. U faoliyatini "Barselona"da yakunlaydi. Men ham shuni istamoqdaman", - dedi Gvardiola.

Messining "Barselona" bilan shartnomasi 2021 yilga qadar davom etadi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal