Gvardiola qiziqish bildirgan Sane Manchesterga yetib keldi

Aslanov Jasurbek
1 avg 2016
"Shalke-04" yarim himoyachisi Leroy Sane "Manchester Siti"ga o'tishga yaqin.

Ma'lumotlarga ko'ra, 20 yoshli futbolchini Manchestyerdagi mehmonxonalarning birida ko'rishgan.

Oldinroq ingliz jamoasi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Sanega bo'lgan qiziqishini tasdiqlagan edi. Mish-mishlarga ko'ra, Leroy "Manchester Siti" bilan shartnoma shartlarini kelishib olgan. "Shaharliklar" "Shalke-04"ga 40 mln. funt to'laydi.

Leroy Sane 2011 yilda "Bayer"dan "Shalke"ga o'tgan edi. U Bundesliganining so'nggi mavsumida 33 uchrashuvda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 6 ta golli pas berdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal