

Ma'lumotlarga ko'ra, 20 yoshli futbolchini Manchestyerdagi mehmonxonalarning birida ko'rishgan.
Oldinroq ingliz jamoasi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Sanega bo'lgan qiziqishini tasdiqlagan edi. Mish-mishlarga ko'ra, Leroy "Manchester Siti" bilan shartnoma shartlarini kelishib olgan. "Shaharliklar" "Shalke-04"ga 40 mln. funt to'laydi.
Leroy Sane 2011 yilda "Bayer"dan "Shalke"ga o'tgan edi. U Bundesliganining so'nggi mavsumida 33 uchrashuvda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 6 ta golli pas berdi.



