Gvardiola Sanches haqidagi savolga o'ziga hos uslubda javob berdi

Tolibjon Qosimov
10 yanv 2018
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola "Arsenal" futbolchisi Aleksis Sanchesni "Siti"ga o'tishi mumkinligi haqidagi savolga javob berishni istamadi.

Chililik o'yinchi yozda erkin agentga aylanadi.

"(Jurnalistga qarab) O'ylashimcha, siz "Sky Sports"da ishlaysiz. Sizlar sutkada 24 soat transferlar haqida gapirasiz. Men ham huddi shunday qilmoqchi emasman. Bu sizning ishingiz", - dedi Gvardiola.

Oldinroq, "Siti" Aleksis uchun 20 million funt taklif qilgani, "Arsenal" esa 35 mln talab qilgani ma'lum bo'lgan edi.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Goal.com