Gvardiola trebl haqidagi savolga: “Keyingi raqibimiz “Manchester Yunayted”

Eldor Akmurzayev
2 mar 2022
Angliya Kubogi 1/8 finalida “Man Siti” 2:0 hisobida “Piterboro”ni taslim etib, keyingi bosqichga yo'l oldi.

O'yindan keyingi intervyuda Pep Gvardioladan joriy mavsum trebl qilish imkoniyati haqida so'raldi.

“Bu haqdagi muhokamalarga bosh qotirmoqchi emasman. Keyingi o'yinimiz MYUga qarshi.

Maxrez butun faoliyati davomida o'ynagan poziciyasida harakat qilmoqda. Uning iqtidoridan xabardormiz va u bilan faxrlanaman, boisi u futbol o'ynashni sevadi. Uning uchun bu ish emas, balki hordiq olish usuli.

Grilishda 1-taymda vaziyatlar bo'ldi. U jarohatidan tuzaldi va haqiqatan ham yuqori saviyada o'ynamoqda”, deydi Gvardiola.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: BBC Sport